Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘istonda kelin o‘g‘irlaganlik uchun jazo kuchaytiriladi
Prezident Qosim-Jo‘mart To‘qayev Milliy qurultoy yig‘ilishida bunday holatlarga jiddiy huquqiy baho berishni talab qilgan edi.
Qozog‘iston parlamenti qonunchilikka kelin o‘g‘irlaganlik uchun jazoni kuchaytiruvchi tuzatishlar tayyorlamoqda. Bu haqda parlament spikeri Erlan Koshanovga tayanib Tengrinews xabar berdi.
Nashrning yozishicha, prezidentning Atirauda bo‘lib o‘tgan Milliy qurultoy yig‘ilishida bergan topshirig‘ini bajarish maqsadida deputatlar qonunchilikka kelin o‘g‘irlaganlik uchun jazoni kuchaytirish bo‘yicha tuzatishlar tayyorlamoqda.
15 mart kuni prezident Qosim-Jo‘mart To‘qayev Milliy qurultoy yig‘ilishida Qozog‘istonda kelin o‘g‘irlash holatlari haqida gapirgan edi.
«Mamlakatimizda go‘yoki milliy urf-odatlarni bahona qilib, kelin o‘g‘irlash amaliyotini tatbiq etishga urinayotganlar ham borki, bunday xurofotni umuman oqlab bo‘lmaydi. Bu progressiv jamiyat ideallariga, jumladan, har bir insonning qadr-qimmati, huquq va erkinliklari mutlaq ustun turadigan jamiyatga zid keladi. Bunday faktlar nafaqat ma’naviy qoralashni, balki huquqiy baho berishni ham talab qiladi», degan edi prezident.
Shu yilning fevral oyida Qozog‘istondagi Inson huquqlari bo‘yicha komissari Artur Lastayev Chimkentda shov-shuvli tarzda kelin o‘g‘irlanishi haqida bayonot berib, majburan turmushga chiqqan qizlar ko‘pincha sheriklari tomonidan jinsiy, jismoniy va ruhiy zo‘ravonlik qurboni bo‘lishini aytgan edi.
Mavzuga oid
12:16 / 17.05.2025
To‘qayev tug‘ilgan kunini nishonlamaydi - Oqo‘rda
17:23 / 09.05.2025
Putin To‘qayevning otasini Sovet Ittifoqi qahramoni unvoni bilan taqdirladi
16:29 / 15.04.2025
Lavrov davlatlarning hududiy yaxlitligi huquqini sharsiz qo‘llamasligini aytdi
17:19 / 11.04.2025