Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentning ayrim ko‘chalarida transport harakati cheklandi
Yangi yil tadbirlari munosabati bilan Toshkentning ayrim markaziy ko‘chalarida transport harakati cheklandi.
Poytaxt hokimligi xabar berishicha, yangi yil tadbirlariga tayyorgarlik ko‘rish va uni yuqori saviyada o‘tkazish, shuningdek, bayram tadbirlari vaqtida aholi xavfsizligini ta’minlash hamda jamoat tartibini saqlash maqsadida 2024 yilning 10 dekabridan 2025 yilning 15 yanvarigacha qator ko‘chalarda avtotransport vositalari harakati cheklanadi.
Ko‘chalar:
- Zarafshon ko‘chasining Hyatt Regency Toshkent mehmonxonasi qo‘riqlash punkti va Matbuotchilar ko‘chalari oralig‘idagi qismi;
- Istiqlol ko‘chasining Amir Temur va Buyuk Turon ko‘chalari oralig‘idagi qismi;
- Buyuk Turon ko‘chasining Istiqlol ko‘chasi kesishmasidan Yoshlar ijod saroyigacha bo‘lgan qismida.
Ko‘rsatilgan davr mobaynida haydovchilarga muqobil yo‘llardan foydalanish tavsiya qilindi.
Mavzuga oid
15:26 / 21.05.2025
Chexiya O‘zbekiston transport infratuzilmasi modernizatsiyasida ishtirok etadi
14:38 / 02.05.2025
O‘zbekiston yangi transport yo‘laklarini shakllantirishda YeI bilan hamkorlik qiladi
08:37 / 02.05.2025
Toshkent ko‘chalaridan birida mashinalar harakati vaqtincha to‘xtatildi
08:09 / 29.04.2025