Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Angren shahrida «Angren city» kompleksi quriladi
Qurilish jarayoni shaharning bo‘sh turgan 35 gektar yer maydonida 2025 yildan bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.
Toshkent viloyatining Angren shahrida «Angren city» turar joy majmuasi quriladi, deb xabar beradi viloyat hokimligi matbuot xizmati.
Qayd etilishicha, qurilish jarayoni shaharning bo‘sh turgan 35 gektar yer maydonida 2025 yildan bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.
Loyiha doirasida 2 810 ta xonadondan iborat 41 ta 9, 12, 14 va 16 qavatli turar joy binolari quriladi. Bu yerda maktab, bog‘cha, klinika, ijtimoiy soha muassasalari va ko‘ngilochar obektlar bo‘ladi. Loyiha natijasida 400 dan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratilib, aholiga yillik 1,5 milliard so‘mlik turli xizmatlar ko‘rsatiladi.
Birinchi bosqich muhandislik kommunikatsiya tarmoqlarini qurish uchun dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, 96 milliard so‘m yo‘naltirish ko‘zda tutilgan.
Eslatib o‘tamiz, 2021 yilda Toshkent viloyatida «Nurafshon city» qurilishi to‘g‘risida xabar berilgandi. O‘shanda Vazirlar Mahkamasi qarori bilan Toshkent viloyati ma’muriy markazi qurilishi uchun 246,2 gektar yer uchastkasi, shu jumladan Konchi massivi hududida 113 gektar va Yangi turmush massivi hududida 133,2 gektar yer uchastkasi ajratib berilishi aytilgan edi.
Mavzuga oid
20:37 / 26.05.2025
Toshkent viloyatida ichimlik va oqova suv xizmatlari narxi oshiriladi
18:52 / 21.05.2025
Toshkent viloyatida uyida yo‘lbars boqib kelgan shaxs aniqlandi
10:12 / 15.05.2025
Toshkent viloyatida 13 ta tarixiy yodgorlikka zarar yetkazildi
14:50 / 13.05.2025