Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonlik yoshlarning Al-Azhar majmuasiga qabul qilinishi tartibga solinadi
O‘zbekiston Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi va Misrning Al-Azhar majmuasi o‘rtasida anglashuv memorandumi imzolandi.
Mamlakat elchixonasi ko‘magida O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita va Misrning Al-Azhar majmuasi o‘rtasida anglashuv memorandumi imzolandi.
Hozirgi kunda Al-Azhar majmuasi bilan kadrlar tayyorlash, ularning kasb-mahoratini oshirish, xalqaro konferensiya va seminarlar o‘tkazish bo‘yicha yaqin hamkorlik o‘rnatilgan.
Imzolangan anglashuv memorandumi diniy ta’lim olish istagidagi o‘zbekistonlik yoshlarning Al-Azhar majmuasi va uning tarkibidagi o‘quv muassasalariga qabul qilishni tartibga soladi.
Hujjatda ta’lim yo‘nalishida o‘zaro axborot va tajriba almashish, birgalikda xalqaro anjumanlar tashkil qilish, buzg‘unchi soxta diniy g‘oyalar va ekstremizm ko‘rinishlari tarqalishining oldini olishga qaratilgan targ‘ibot ishlarini amalga oshirish va islom merosini chuqur o‘rganish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish kabi bir qator vazifalar belgilagan.
Mavzuga oid
14:56 / 22.05.2025
Moskva chet elliklarni urushga qanday jalb qilmoqda? Fuqaroligini yo‘qotgan misrlik yollanma askar hikoyasi
15:41 / 19.05.2025
O‘zbekiston-Misr neft-kimyo va energetika sohasida loyihalarni amalga oshiradi
19:47 / 13.05.2025
Misrda 5 nafar o‘zbekistonlik mamlakatda bo‘lish qoidalarini buzgani uchun ushlandi
02:18 / 10.05.2025