Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda 19 yoshli ayol 16 yoshli qizni kaltakladi
Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on tumanida 13 dekabr kuni A.R. (2005 yilda tug‘ilgan ayol) K.U.ni (2008 yilda tug‘ilgan qiz bola) kaltakladi.
Bolalar ombudsmani xabariga ko‘ra, voyaga yetmagan K.U. go‘yoki A.R. haqida nomaqbul gaplar aytganini u boshqalardan eshitgach, A.R. istirohat bog‘ida qizni yerga yotqizib, yuzi va tanasiga musht urgan. Shuningdek, sochidan tortib yerda sudragan va buni atrofdagilar kuzatib turgan.
Holat yuzasidan Kattaqo‘rg‘on tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.
Jarohat darajasini aniqlash maqsadida K.U.ga nisbatan sud-tibbiyot ekspertizasi tayinlangan.
“Voyaga yetmagan qizga nisbatan sodir etilgan bunday zo‘ravonlik harakatlariga qat’iy qonuniy chora ko‘rilishi shart! Bolalar ombudsmani mazkur holat yuzasidan o‘z kuzatuvini davom ettiradi”, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
23:09 / 23.05.2025
Samarqandda mashinasida sher bolasini olib yurgan shaxs aniqlandi
21:06 / 22.05.2025
Samarqand shahriga yangi prokuror tayinlandi
18:43 / 16.05.2025
Samarqandda maktab o‘quvchilarining janjali ulardan birining o‘limi bilan tugadi
12:02 / 11.05.2025