Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Olimlar atigi 15 daqiqada olmos yaratishni o‘rgandi
Buning uchun normal bosim va 1025 gradus issiqlik kerak. Odatda, tabiiy olmoslar juda katta bosim talab qiladi.
Janubiy Koreyaning Fundamental fanlar instituti olimlari amerikalik kimyogar Rodni Ruoff rahbarligida normal bosim va 1025 gradus haroratda olmos sintez qilishning innovatsion usulini ishlab chiqdi. Bu haqda Nature xabar bermoqda.
Mazkur yutuq laboratoriya sharoitida olmoslar ishlab chiqarishni ancha soddalashtirib, buni yanada samarali va qulay qiladi.
Tabiiy olmoslar 150-250 kilometr chuqurlikda, Tselsiy bo‘yicha 900-1400 gradusga yetadigan va bosim juda yuqori bo‘lgan ekstremal sharoitlarda shakllanadi.
Hozirgi kunda laboratoriyalarda olmos yaratish uchun ikki xil usuldan foydalanilmoqda: HPHT (yuqori bosim va harorat usuli) hamda CVD (kimyoviy bug‘latib cho‘ktirish usuli).
HPHT usulida press va yuqori haroratdan foydalanib, olmos hosil bo‘ladigan tabiiy sharoitga o‘xshash muhit hosil qilinadi. CVD’da olmoslar gaz aralashmasidan o‘stiriladi va olmos zarralarida uglerod qatlami hosil qilinadi.
Yangi usulda esa suyuq metall (galliy, temir, nikel va kremniy) tigelda taxminan 1025 gradus haroratgacha qizdiriladi. Tigel issiqlikning bir tekis taqsimlanishini ta’minlab, metanni katalitik faollashtirish uchun zarur sharoitlarni saqlab turadi. Bunday sharoitda atigi chorak soatdan so‘ng olmoslar hosil bo‘la boshlaydi.
Garchi texnologiyada ayrim cheklovlar bo‘lsa-da, ushbu kashfiyot olmos sintezida yangi davrni boshlab berishi prognoz qilinmoqda.
Mavzuga oid
10:43 / 26.05.2025
“Koreyada olgan tajribani qishlog‘imda qo‘llamoqchiman” – bo‘sh yerlarni o‘zlashtirayotgan shahrixonlik yigit
00:47 / 24.05.2025
Janubiy Koreya loukosteri Seul-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha muntazam qatnovlarni yo‘lga qo‘ydi
13:18 / 12.05.2025
O‘zbekistonda tadqiqotlar uchun yalpi xarajatlar 4,5 trln so‘mni tashkil etdi
17:25 / 07.05.2025