Chilonzor tumanidagi kafeda yong‘in sodir bo‘ldi
Yong‘in natijasida tan jarohati olgan va halok bo‘lgan fuqarolar yo‘q.
27 dekabr kuni soat Toshkent shahar Chilonzor tumani Cho‘ponota ko‘chasida joylashgan kafelarning birida yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida Toshkent shahar FVBga xabar tushgan.
Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv ekipajlari voqea joyiga soat 00:13 da yetib borib, soat 00:23 da yong‘in qurshab olinib, soat 00:40 da o‘chirilgan.
Hozirda yong‘in sababi va keltirgan zarari aniqlanmoqda.
Yong‘in natijasida tan jarohati olgan va halok bo‘lgan fuqarolar yo‘q.
Mavzuga oid

15:58 / 18.04.2025
Toshkentda erkak o‘zaro kelishmovchilik ortidan tanishining Teslaʼsini yoqib yubordi

19:12 / 17.04.2025
Xorazmda uch qavatli savdo do‘konida yong‘in chiqdi

01:32 / 16.04.2025
Qamchiq dovonida yuk mashinasi yonib ketdi

08:12 / 14.04.2025