Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Yagona integratsiyalashgan ekotizim” axborot tizimi ishga tushiriladi
Tog‘-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasining metallurgiya tarmog‘ida xavfsizlikni nazorat qilish funksiyasi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasiga o‘tkaziladi.
“Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi sohasida davlat nazoratini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident farmoni qabul qilindi.
Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi (Qo‘mita) raisi va uning o‘rinbosarlari zimmasiga 2025 yilda quyidagi ustuvor vazifalar yuklandi, jumladan:
🔹sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi hamda istirohat bog‘lari attraksionlaridan foydalanishdagi xavfsizlik talablarini qayta ko‘rib chiqish;
🔹sanoat xavfsizligini ta’minlashda masofadan nazorat qilish mexanizmini joriy etish;
🔹sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi to‘g‘risidagi qonunchilik talablarini buzganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish.
Tog‘-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasining metallurgiya tarmog‘ida xavfsizlikni nazorat qilish funksiyasi qo‘mitaga o‘tkaziladi.
Inspeksiya tuzilmasidagi Bekobod kon-texnika inspeksiyasi tugatiladi.
Qo‘mita tuzilmasida quyidagilar tashkil etiladi:
🔹Navoiy sanoat xavfsizligi inspeksiyasi;
🔹Olmaliq sanoat xavfsizligi inspeksiyasi;
🔹Bekobod sanoat xavfsizligi inspeksiyasi;
🔹Temiryo‘l sanoat xavfsizligi inspeksiyasi.
2025 yil yakunigacha “Yagona integratsiyalashgan ekotizim” axborot tizimi ishga tushiriladi.
2025 yil 1 iyuldan sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi sohasidagi belgilangan huquqbuzarliklar uchun yuridik shaxslarga jarima qo‘llash tartibi joriy etiladi.
Mavzuga oid
12:00 / 02.12.2024
Britaniya O‘zbekiston metallurgiya sohasiga investitsiya kiritishga qiziqish bildirmoqda
14:10 / 04.11.2024
Polsha O‘zbekiston tog‘-kon sanoatida loyihalarni amalga oshirmoqchi
10:27 / 02.11.2024
In qurishga xomashyo, suzish uchun sol: yovvoyi tabiat plastikka qanday qilib moslashdi?
13:00 / 11.10.2024