Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘iziston va O‘zbekiston «Ishbilarmonlar kengashi»ni tashkil etadi
Ikki davlat savdo-sanoat palatalari shu haqda kelishib olgani ta’kidlanmoqda.
Qirg‘iziston va O‘zbekiston ikki davlat savdo-sanoat palatalari qoshida «Ishbilarmonlar kengashi»ni tashkil etish niyatida. Bu haqda Qirg‘iziston prezidentining O‘sh viloyatidagi vakolatli vakiliga tayanib 24.kg xabar berdi.
Unga ko‘ra, viloyat rahbari Elchibek Jontoyev O‘zbekistonning Qirg‘izistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Saidikomil Niyozxo‘jayev bilan uchrashgan.
Tomonlar, shuningdek, sanoat kooperatsiyasi, transchegaraviy savdoni rivojlantirish va erkin iqtisodiy zonani tashkil etish, «bir tur – ikki davlat» tamoyili bo‘yicha turizmni rivojlantirish, shuningdek, universitetlar va yoshlar o‘rtasidagi gumanitar hamkorlik masalalarini muhokama qildilar.
Mavzuga oid
07:50 / 24.05.2025
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijonda sezildi
16:53 / 23.05.2025
Qirg‘iziston prezidenti noqonuniy migrantlarga 10 iyungacha muhlat berdi
20:42 / 20.05.2025
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijonda sezildi
20:07 / 20.05.2025