Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Telegram Malayziyada litsenziya olish uchun ariza berdi
Malayziyada 1 yanvardan kuchga kiradigan yangi tartib-qoidaga ko‘ra, endi ushbu mamlakatdagi foydalanuvchilari soni 8 milliondan oshadigan barcha onlayn platformalardan litsenziya talab etiladi. Aks holda ular jarimaga tortilishi mumkin.
Telegram Malayziya aloqa va multimediya komissiyasidan (MCMC) litsenziya olish uchun ariza berdi. Bu haqda regulyator matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Malayziyada ushbu mamlakatdagi foydalanuvchilari soni 8 milliondan oshadigan barcha onlayn platformalar o‘z faoliyatini davom ettirishi uchun litsenziya olishi kerak. MCMC bu boradagi tegishli nizomni 2024 yil iyulida tasdiqlab, e’lon qilgan edi.
Malay Mail’ning yozishicha, yangi tartib-qoidaga ko‘ra Telegram, Facebook, Instagram, TikTok, WhatsApp va YouTubeʼdan Malayziyada faoliyat yuritishi uchun litsenziya talab etiladi. Lisenziyani olish uchun esa ular mamlakat hududida vakolatxonasini ochishi va ariza berishlari kerak.
Lisenziyalanadigan ijtimoiy tarmoqlardan qo‘yiladigan asosiy etik talablardan biri 13 yoshdan kichiklarning platformadan foydalanishini cheklash. Shuningdek, talablar ro‘yxatidan dipfeyklar, onlayn firibgarlik va kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish ham o‘rin olgan.
Lisenziya 1 yil muddatga beriladi, shundan keyin uni yangilash kerak bo‘ladi. Yangi choralar ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlardan foydalanadigan fuqarolar xavfsizligini ta’minlashga qaratilgani aytilmoqda.
Talablar 2025 yil 1 yanvardan kuchga kiradi. Telegramʼdan tashqari, Xitoyning Tencent kompaniyasiga tegishli WeChat messenjeri vakillari ham ariza topshirgan.
MCMC boshqa ijtimoiy tarmoqlarni ham litsenziya talablarini bajarishni tezlashtirishga chaqirdi. Malayziya qonunchiligiga muvofiq internet kompaniyalar tomonidan ushbu talablar buzilsa, ular 111,9 ming dollargacha jarimaga tortilishi mumkin hamda ular litsenziyasiz ishlagan har bir kun uchun 223,76 dollar to‘lashlari kerak bo‘ladi.
Avvalroq Pavel Durov 2024 yilda Telegram ilk marta daromadga chiqib, kripto-aktivlarni hisobga olmaganda yil 500 mln dollardan ortiq naqd pul zaxirasi bilan yakunlayotganini ma’lum qilgandi. Kompaniya oxirgi 4 yilda 2 milliard dollarga yaqin qarzlarini yopgan.
Mavzuga oid
23:21 / 24.05.2025
Fransiya sudi Durovga Norvegiyadagi forumda ishtirok etishiga ruxsat bermadi
18:29 / 23.05.2025
Vetnam hukumati Telegramʼni bloklashga qaror qildi
18:16 / 23.05.2025
Vetnam hukumati Telegramʼni bloklashga qaror qildi
20:25 / 20.05.2025