Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dorixonalar va klinikalar apreldan QQS to‘lashga o‘tadi
2025 yil aprelidan O‘zbekistondagi barcha dorixonalar va klinikalar qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lashga o‘tadi.
2025 yil 1 apreldan O‘zbekistonda farmatsevtika mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullanuvchi yoki tibbiy xizmat ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS) to‘lay boshlaydi.
27 dekabrdagi farmonga ko‘ra, bunda realizatsiya qilingan tovarlar (xizmatlar) bo‘yicha berilgan onlayn nazorat-kassa texnikasi yoki virtual kassa cheklari, rasmiylashtirilgan elektron hisobvaraq-fakturalar hamda boshqa tashqi va ichki ma’lumotlar asosida soliq organlari tomonidan QQS bo‘yicha hisobotlar avtomatik tarzda shakllantirib boriladi.
Bundan tashqari, farmatsevtika ishlab chiqarishda qo‘llanadigan import poliztilen xomashyosi uchun belgilangan aksiz solig‘ini bekor qilish ko‘zda tutilgan.
O‘zgartirishlar to‘g‘risidagi qonun loyihasini 2025 yil martigacha ishlab chiqish vazifasi qo‘yilgan. Shundan so‘ng u parlament va prezident tomonidan tasdiqlanishi kerak.
Mavzuga oid
16:08 / 24.05.2025
82 milliard so‘mlik QQS tadbirkorlarga noqonuniy qaytarilgani aniqlandi – DXX
11:39 / 05.05.2025
Kam ta’minlangan oilalarga 19 mlrd so‘mdan ortiq QQS qaytarildi
12:11 / 27.03.2025
Barcha farmatsevtika va tibbiy xizmat ko‘rsatuvchi kompaniyalar QQS to‘lovchisiga aylanadi
10:56 / 18.03.2025