Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Gazprom» Ukraina orqali Yevropaga gaz yetkazib berishni qisqartira boshladi
1 yanvardan tranzit butunlay to‘xtatiladi.
Rossiyaning «Gazprom» kompaniyasi 31 dekabr kuni Ukraina orqali Yevropaga gaz yetkazib berish hajmini qisqartirishni boshlagani haqida xabar berdi. Bu haqda Reuters yozdi.
Bu haqda «Gazprom» Rossiya gazini Ukraina orqali tranzit qilish bo‘yicha kelishuv muddati tugashidan bir kun oldin ma’lum qildi. Agar so‘nggi daqiqada tranzit shartnomasi tuzilmasa, 1 yanvardan boshlab gaz yetkazib berish hajmi nolga tushadi.
«Gazprom» 31 dekabr kuni Ukraina orqali 37,2 million kub metr gaz jo‘natgan bo‘lsa, 30 dekabrda bu ko‘rsatkich 42,4 million kub metrni tashkil qilgan edi.
Ukraina hukumati avvalroq Rossiya boshlagan urush tufayli 2025 yil 1 yanvardan boshlab Rossiya gazi va neftining Yevropaga tranzitini to‘xtatishi haqida ogohlantirgan edi. Shu kuni Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi tranzit shartnomasi muddati tugaydi. Kiyev yangi shartnoma bo‘yicha muzokara qilishdan bosh tortdi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin 26 dekabr kuni yangi shartnoma tuzish uchun bu yil vaqt qolmaganini aytdi.
Slovakiya va Avstriya kabi Rossiya gazining asosiy iste’molchilari muqobil gaz manbalari bo‘yicha kelishib oldilar. Shu bilan birga, Ukraina orqali ta’minotning to‘xtatilishi Moldova uchun jiddiy zarba bo‘ladi. Tahlilchilarga ko‘ra, Ukraina orqali gaz tranzitini to‘xtatish bozorga minimal ta’sir ko‘rsatadi.
Rossiya qo‘shinlarining Ukrainaga keng ko‘lamli bostirib kirishi boshlanganidan so‘ng, Yevropa Ittifoqi davlatlari Rossiya gaziga qaramlikni kamaytirishga kirishdilar. Rossiya gaz bozorlarini AQSh, Norvegiya va Qatar ta’minotchilariga boy berdi.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
20:37 / 27.05.2025
Kellog: Rossiya va Ukrainaning urushdagi yo‘qotishlari 1 million kishidan oshdi
20:17 / 27.05.2025