Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Ummon ishbilarmon ayollari hamkorlikni yo‘lga qo‘yadi
Mamlakat elchixonasi tashabbusi bilan O‘zbekiston va Ummon tadbirkor ayollari o‘rtasida onlayn uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvda O‘zbekiston tomonidan Savdo-sanoat palatasi raisi o‘rinbosari Nodira Shotursunova, Ummon tomonidan esa Savdo-sanoat palatasi a’zosi, mamlakatdagi yirik tadbirkor ayollardan biri, SUMU LLC kompaniyasi rahbari Siham al-Harsi ishtirok etishdi.
Suhbat davomida o‘zbekistonlik va ummonlik ayol tadbirkorlar o‘rtasida o‘zaro hamkorlik o‘rnatish, ular uchun muloqot maydonini yaratish masalalari, ikki davlat ayollarini birlashtirishi mumkin bo‘lgan moda, to‘qimachilik hamda turizm sohalaridagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida seminarlar, B2B formatidagi uchrashuvlar, vork-shoplar, mahorat darslari, shuningdek, 2025 yil bahorida Ummon ishbilarmon ayollari biznes missiyasining O‘zbekistonga tashrifini tashkil etish to‘g‘risida qarorlar kelishuvlarga erishildi.
Mavzuga oid
10:12 / 20.05.2025
O‘zbekistonda yana uch davlat fuqarolari uchun vizasiz rejim belgilandi
15:58 / 06.05.2025
Tirik va sog‘-salomat: AQShda 63 yil avval bedarak yo‘qolgan ayol topildi
09:46 / 30.04.2025
Uch oyda qancha ayolga himoya orderi berilgani ma’lum qilindi
12:52 / 03.04.2025