Jahon | 19:24 / 31.12.2024
2783
2 daqiqa o‘qiladi

Turkiya Suriyani elektr energiyasi bilan ta’minlashga va’da berdi

Suriyadagi elektr stansiyalari quvvati ikki barobardan ortiqqa tushib ketgan. Turkiya energetika va tabiiy resurslar vaziri Alparson Bayraktar hozirda suriyaliklar asosan generatorlardan foydalanayotganini ma’lum qildi.

Foto: Depositphotos

Turkiya energetika va tabiiy resurslar vaziri Alparson Bayraktar Suriyada elektr energiyasi va energetika xizmatlari Turkiya orqali ta’minlanadigan viloyatlar borligini ma’lum qildi. Xususan, bular Idlib va ​​Afrin kabi Turkiya operatsiyalari nazorati ostidagi hududlardir.

Bayraktarning ta’kidlashicha, Turkiya jamoasi Suriya energetika infratuzilmasini baholash uchun allaqachon Damashqda ish boshlab yuborgan.

Urushga qadar mamlakatdagi elektr stansiyalarning jami quvvati 8500 MVt ni tashkil etgan, ammo hozirda ularning 3500 MVt qismi saqlanib qolgan. Aholining asosiy qismi elektr energiyasi bilan ta’minlovchi generatorlardan foydalanib keladi.

Shuningdek, Suriya va Livan energetika talabini qoplash uchun Turkiyadan elektr energiyasini eksport qilish imkoniyati ham muhokama qilinmoqda. Vazirning so‘zlariga ko‘ra, ushbu chora-tadbirlar suriyalik qochqinlarning vataniga qaytishi uchun sharoitlarni yaxshilashga xizmat qiladi.

Avvalroq Turkiya tashqi ishlar vaziri Hoqon Fidan Suriyaning qayta tiklanishiga yordam ko‘rsatish uchun xalqaro hamjamiyat undan sanksiyalarni olib tashlashi kerakligini ma’lum qilgandi. «Oldingi rejimga qarshi joriy etilgan sanksiyalarni imkon qadar tezroq olib tashlanshi kerak», — degan Fidan Suriyaning yangi rahbari Ahmad al-Shar’a bilan o‘tkazilgan matbuot anjumanida.

Фозилбек Юсупов
Tayyorlagan Фозилбек Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid