Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Efiopiyada yo‘l-transport hodisasi oqibatida kamida 71 kishi halok bo‘ldi
Mintaqa ma’muriyati ma’lumotlariga ko‘ra, Sidama shtatida yo‘lovchilarni olib ketayotgan yuk mashinasi daryoga qulagan.
Efiopiya janubidagi yo‘l-transport hodisasi oqibatida kamida 71 kishi halok bo‘ldi, deb xabar berdi mahalliy hukumatga tayanib Al-Jazeera.
Qayd qilinishicha, yo‘lovchilarni olib ketayotgan yuk mashinasi Efiopiya poytaxti Addis-Abebadan 300 km janubda joylashgan Sidama shtatida daryoga qulab tushgan.
Sidama politsiyasi bosh inspektori Daniel Sankura so‘zlariga ko‘ra, avtohalokatda 68 erkak va uch ayol nobud bo‘lgan.
Politsiya komissiyasining ma’lum qilishicha, hodisa 29 dekabr kuni sodir bo‘lgan. Odamlarni tashiyotgan yuk mashinasi ko‘prikdan o‘tib, daryoga qulagan. Ularning ko‘pchiligi to‘ydan qaytayotgan edi.
Yuk mashinasining qulab tushishiga odamlar bilan haddan ziyod to‘lgani yoki yo‘lning yomonligi sabab bo‘lishi mumkin.
Mavzuga oid
15:52 / 25.10.2024
Malayziyada ayol kasal eriga 6 yil g‘amxo‘rlik qildi, ammo erkak sog‘aygach, uni tashlab ketdi
20:30 / 01.09.2024
Misr Efiopiya qurayotgan to‘g‘on bo‘yicha BMT Xavfsizlik kengashiga maktub yo‘lladi
18:25 / 29.07.2024
Samarqandda 15 yo‘lovchini olib ketayotgan Damas haydovchisi jazolandi
23:26 / 25.06.2024