Namanganda shifokorlar bolaning hayotini saqlab qoldi
1 yosh-u 3 oylik bolakayda talvasa xuruji kuzatilgan. Shifokorlarning tezkor ko‘rsatilgan yordami bilan u qutqarib qolingan.
Namangan shahrida 2 yanvar kuni xususiy klinika shifokorlari yuqori isitma tufayli talvasa xurujiga uchragan bolaning hayotini saqlab qoldi, deb xabar bermoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi.
Ma’lum bo‘lishicha, o‘sha kuni go‘dakning ota-onasi boshqa farzandlari bilan uni olib, istirohat bog‘iga borishgan. Kutilmaganda kichik farzandning isitmasi yuqorilab ketgan. Shundan so‘ng talvasa xuruji kuzatilgan.
Bola zudlik bilan istirohat bog‘i yaqinidagi klinikaga olib borilgan. Shifokorlar birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatgan.
Ta’kidlanishicha, bola hozirda o‘zini yaxshi his qilmoqda. U shifokorlar nazorati ostida tegishli muolajalarni olmoqda.
Mavzuga oid

22:51 / 27.05.2025
Namangan viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

01:49 / 27.05.2025
Namanganda daraxtga urilgan Nexia-3 yonib ketdi. Haydovchi halok bo‘ldi

23:54 / 26.05.2025
Namanganda «So‘nggi qo‘ng‘iroq» vaqtida qizlarning sochi yonib ketdi

17:17 / 22.05.2025