Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ekologik zararlarni majburiy sug‘urtalash tizimi joriy etiladi
Samarqand va Farg‘ona viloyatlarida tajriba-sinov tariqasida ekologik toza mahsulotlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashgan sanoat zonalari tashkil etiladi.
Prezidentning “O‘zbekiston–2030 strategiyasini Atrof-muhitni asrash va yashil iqtisodiyot yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi farmoni jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi.
“Tejamkorlik va barqarorlik” tamoyili asosida davlat ishtirokidagi yirik korxonalarni transformatsiya qilish va ishlab chiqarishdan tashqari xarajatlarni 10–20 foizgacha qisqartirish maqsadida 2025 yil yakuniga qadar:
- yirik strategik korxonalar tomonidan ekologik, ijtimoiy va korporativ boshqaruv (ESG) tamoyillari asosida korporativ dasturlar ishlab chiqilib, kamida 5 ta yirik sanoat korxonasida ESG hisoboti yo‘lga qo‘yilishi va jamoatchilikka oshkor etish amaliyoti joriy etilishi;
- “O‘zbekneftgaz” AJ, “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ, “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ, Uzairports AJ, Uzairways AJ tomonidan ESG reytingi olinishi;
- xo‘jalik faoliyatini yurituvchi korxona va tashkilotlar tomonidan yetkazilgan ekologik zararlarni majburiy sug‘urtalash tizimi bosqichma-bosqich joriy etilishi;
- Samarqand va Farg‘ona viloyatlarida tajriba-sinov tariqasida ekologik toza mahsulotlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashgan sanoat zonalari tashkil etilishi ta’minlanadi.
Mavzuga oid
17:12 / 26.05.2025
«O‘zbekiston qayta sug‘urta kompaniyasi» tashkil etiladi
09:24 / 18.05.2025
Mutaxassis Toshkentda kuzatilgan chang bo‘roni sabablarini ma’lum qildi
13:00 / 09.04.2025
Lloyd’s of London O‘zbekiston sug‘urta bozorini rivojlantirishga ko‘maklashadi
19:01 / 05.04.2025