Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘iston O‘zbekiston bilan chegaradagi nazorat-o‘tkazish punktlarini yangilaydi
2025 yilda 9 ta nazorat-o‘tkazish punktini modernizatsiya qilishni yakunlash rejalashtirilgan.
Qozog‘istonda avtomobil nazorat-o‘tkazish punktlarini keng ko‘lamli modernizatsiya qilish davom etmoqda. Bugungi kunga qadar yangilanish Xitoy, O‘zbekiston va Turkmaniston bilan chegaradagi jami 9 ta nazorat-o‘tkazish punktiga ta’sir ko‘rsatdi.
Qozog‘iston hukumati matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, rejalashtirilgan ishlar doirasida o‘tkazish qobiliyati kuniga 6 barobarga, o‘rtacha 170 dan 960 avtomobilgacha oshiriladi. Shuningdek, chegarani kesib o‘tish vaqti 30 daqiqagacha qisqartiriladi. 9 ta nazorat-o‘tkazish punktini modernizatsiya qilish ishlari 2025 yilda yakunlanadi.
Bundan tashqari, Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqining tashqi chegarasidagi barcha 10 ta avtomobil chegara postlarida avtomatlashtirilgan elektron navbat tizimi joriy etildi. Undan Qoldau.kz platformasida va «CargoRuqsat» mobil ilovasi orqali foydalanish mumkin.
Qayd etilishicha, tizimning joriy etilishi respublika ahamiyatiga molik yo‘llar bo‘ylab avtotransport vositalarining to‘planishini bartaraf etish imkonini bergan va tashish jarayonining shaffofligini ta’minlagan.
Mavzuga oid
17:43 / 04.04.2025
Xitoy Trampning chaqirig‘ini qabul qildi va javob qaytardi
16:27 / 04.04.2025
Xitoy AQSh tovarlariga boj tariflarini oshiradi
17:04 / 03.04.2025
Xitoy va Yevropa Ittifoqi AQSh yangi boj tariflariga norozilik bildirdi
23:16 / 01.04.2025