Isroil G‘arbiy Sohilda yangi harbiy operatsiya boshlanganini e’lon qildi
Isroil mudofaa kuchlari Jyenin shahrida terrorizmga qarshi operatsiya boshlanganini ma’lum qildi.

Foto: Nasser Ishtayeh
Isroil harbiylari va xavfsizlik kuchlari G‘arbiy Sohilda «Temir qalqon» aksilterror operatsiyasini boshladi, deb xabar qildi bosh vazir Binyamin Netanyahu ijtimoiy tarmoqda.
«Bu Yahudiya va Samariyada xavfsizlikni mustahkamlash bo‘yicha maqsadimizga erishish yo‘lidagi yana bir qadamdir. Biz qurolini qayerga qaratmasin, Eron o‘zagiga qarshi usluban va qat’iy harakat qilamiz», deb yozdi u.
Isroil mudofaa kuchlari (TSAHAL) ham Jyenin shahrida (Falastin ma’muriyati markazi) terrorizmga qarshi operatsiya boshlanganini ma’lum qildi.
Amaliyot oldidan G‘arbiy Sohildagi Jinsafut va Al-Funduq aholi punktlari hududlarida tartibsizliklar bo‘lib o‘tgan, bu jarayonda ikki isroillik yaralangan.
Falastin Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, Isroilning Jyenindagi amaliyoti chog‘ida to‘rt kishi halok bo‘lgan, 35 nafari yaralangan.
O‘rdun daryosining G‘arbiy Sohili - qisman tan olingan Falastinning hududlaridan biri hisoblanadi. Falastin milliy ma’muriyati (FMM) tomonidan nazorat qilinadi. Ikkinchi qism — G‘azo sektori HAMAS harakati tomonidan nazorat qilinadi. Isroil 15 oylik urushdan so‘ng, yaqinda u bilan sulh bitimini imzoladi.
Mavzuga oid

23:14 / 12.03.2025
Arab davlatlari TIV rahbarlari G‘azoni qayta tiklash masalasini muhokama qilmoqda - OAV

13:23 / 12.03.2025
Husiychilar Isroilga aloqador kemalarga yangi hujumlar bilan tahdid qildi

12:25 / 10.03.2025
Isroil G‘azoga elektr energiyasi yetkazib berishni to‘xtatdi

21:58 / 09.03.2025