Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jizzaxda tut daraxtlari kesilishi oqibatida 738 mln so‘mlik zarar yetkazildi
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligiga Jizzax viloyati Do‘stlik tumanida yashovchi fuqaro D.N. tomonidan tut daraxtlari noqonuniy kesilgani haqida murojaat kelib tushdi.
Foto: Ekologiya boshqarmasi
Murojaat Jizzax viloyati Ekologiya boshqarmasi tomonidan o‘rganilgan. O‘rganish davomida Do‘stlik tumani, “Mevazor” MFY hududidan o‘tuvchi Sarkisov kanali yoqasida 13 tup tut daraxti noqonuniy kesilganligi aniqlandi.
Hukumat qaroriga asosan ayrim tut daraxti turlari, xususan, kesilgan tutlar qimmatbaho daraxt turiga kiritilgan.
Huquqbuzarlik natijasida o‘simlik dunyosiga 369 mln 375 ming so‘m zarar yetkazilgani ma’lum bo‘ldi. Hukumat qarori bilan davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalar qimmatbaho navlarining kesilishiga moratoriy davrida daraxtlar va butalarga yetkazilgan zarar uchun undirish summalari ikki baravarga oshirilgan holda qo‘llanilishi belgilangan.
Shunga ko‘ra, yetkazilgan zarar miqdori 738 mln 750 ming so‘m miqdorida belgilandi.
Holat yuzasidan to‘plangan hujjatlar holatga huquqiy baho berish va tegishli chora ko‘rish maqsadida Do‘stlik tuman prokuraturasiga yuborildi.
Mavzuga oid
17:03 / 22.05.2025
«Abdunazarovni majburiy keltirish choralari ko‘rilmoqda» – IIB yuk mashinalariga doir firibgarlik haqida
20:44 / 21.05.2025
Tanzila Norboyeva Jizzaxda korrupsiya holatlari bo‘yicha tanqidiy yig‘ilish o‘tkazdi
17:58 / 21.05.2025
Traktordan “Kamaz”gacha: Jizzaxda odamlar kutilmagan usulda chuv tushirib ketilmoqda
09:27 / 15.05.2025