Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buyuk Britaniya o‘zbekistonliklar uchun mavsumiy ishlarga kvotalar sonini oshiradi
Migratsiya agentligi va Britaniya rekruting kompaniyalari vakillari nomzodlarni topish, saralash, imtihon jarayonlarini shaffof tashkil qilishga kelishib oldi.
Buyuk Britaniyadagi rekruting kompaniyalar vakillari bilan onlayn uchrashuv tashkil qilindi, deb xabar beradi Migratsiya agentligi.
Qayd etilishicha, muloqot Migratsiya agentligi, Xalqaro migratsiya tashkiloti, Buyuk Britaniyaning Seasonal Workers Scheme loyihasi doirasida faoliyat yurituvchi rasmiy operatorlar va ularning faoliyatini muvofiqlashtiruvchi ALP (Ishchi kuchi yetkazib beruvchilar asotsiatsiya) hamda GLAA (Mehnat huquqlarini himoya qilish bo‘yicha tashkilot) tashabbusi bilan o‘tkazilgan.
Unga Buyuk Britaniyaning O‘zbekiston bilan ishlab kelayotgan ikki kompaniyasi bilan bir qatorda Agri-HR-Ltd, Fruitful jobs LTD, Concordia Charity kabi yangi rekruting tashkilotlari rahbarlari ham jalb qilingan.
«Angliyadagi mavsumiy ishlarga o‘zbekistonliklarni jalb qilish mexanizmlari atroflicha muhokama qilindi. Nomzodlarni topish, saralash, imtihon jarayonlarini shaffof tashkil qilish bunda muhim o‘rin tutishi qayd etildi», — deyiladi xabarda.
Ta’kidlanishicha, agentlik rahbariyati Angliyaning O‘zbekiston bilan ishlash istagidagi barcha rekruting operatorlari bilan shartnoma tuzib, mamlakat fuqarolari uchun ajratiladigan kvotalar sonini ko‘paytirishga kelishib olgan.

Avvalroq Migratsiya agentligi va HOPS rekruting kompaniyasi 10 yanvar kuni O‘zbekiston fuqarolariga yaxshi daromad va oson shartlarda Angliyaga mavsumiy ish o‘rinlari uchun tanlov o‘tkazgandi. Ko‘r o‘tmay 3 millionga yaqin o‘zbekistonlik ariza topshirgan tanlov natijalari bekor qilindi. Migratsiya agentligi sabab sifatida platformada texnik muammolar bo‘lganini ko‘rsatgan, Angliya kompaniyasi esa jarayonga “uchinchi shaxslarning aralashuvi haqida ishonchli xabarlar” olganini bildirgan edi.
Mavzuga oid
23:08 / 27.05.2025
Okeandagi oldi-berdi: Britaniya Chagos orolini nega topshirdi?
20:35 / 27.05.2025
Moskvada shaharni bilmagan taksi haydovchilari jarimaga tortiladi
18:10 / 27.05.2025
Rossiyada mushtlashuvdan keyin 11 nafar o‘zbekistonlik hibsga olindi
11:50 / 26.05.2025