Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Qozog‘iston sayyohlik poyezdlari qatnovi to‘g‘risida bitim imzoladi
Ostona shahrida Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasida sayyohlik poyezdlari qatnovi to‘g‘risida bitim imzolandi.
Inbusiness.kz axborot agentligining ma’lum qilishicha, "O‘zbekiston temiryo‘llari" AJ va Qozog‘istonning "Passajirskiye perevozki" AJ kompaniyalari rahbarlari o‘rtasidagi uchrashuvda tomonlar ikki mamlakat o‘rtasida yo‘lovchi tashish sohasida o‘zaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirish masalalarini muhokama qilishdi.
Qayd etilishicha, ikki davlat o‘rtasida sayyohlik poyezdlari qatnovi to‘g‘risida bitim imzolangan, shuningdek, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha ishchi guruh tarkibi tasdiqlangan. Bu yo‘nalishdagi ilk qadamlardan biri Jibek Joly sayyohlik poyezdining ishga tushirilishi bo‘ldi.
"Shuningdek, boshqa yo‘nalishlarda ham shunga o‘xshash turistik marshrutlar yo‘lga qo‘yish imkoniyatini ko‘rib chiqishga qaror qilindi. Xususan, yangi "Ostona-Samarqand" xalqaro yo‘nalishi ko‘rib chiqilmoqda", - deyiladi maqolada.
Agentlik xabariga ko‘ra, tashrif davomida yo‘lovchi tashishni boshqarish, harakatlanuvchi tarkibga texnik xizmat ko‘rsatish, axborot tizimlarini joriy etish va chiptalarni onlayn sotishni tashkil etish bo‘yicha tajriba almashish masalalari ham muhokama qilingan.
Mavzuga oid
11:06 / 11.04.2025
O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikiston o‘rtasida "Farg‘ona vodiysining oltin sayyohlik halqasi" yaratiladi
12:06 / 02.03.2025
Qozog‘istonda ichida o‘zbekistonliklar bo‘lgan avtobus YTHga uchradi
18:14 / 28.02.2025
Nukusdan Qozog‘istonga yangi poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi
14:52 / 28.02.2025