Janubiy Koreya prezidentiga isyon ayblovi e’lon qilindi
Agar Yun Sok Yol harbiy holat e’lon qilgani uchun isyonda aybdor deb topilsa, ko‘p yillik qamoq jazosiga mahkum etilishi mumkin.

Foto: Purchase Licensing Righs
Janubiy Koreya prokuraturasi prezident Yun Sok Yolni isyon uyushtirganlikda aybladi, deya xabar berdi Reuters uning advokatlari va muxolifatdagi Demokratik partiyaga tayanib.
Prokuratura prezidentning 2024 yil 3 dekabrda qisqa muddatli harbiy holat joriy etganini isyon sifatida baholagan. Harbiy holat 6 soatdan keyin bekor qilingan edi.
«Prokurorlar isyonga rahbarlikda ayblanayotgan Yun Sok Yolga qarshi ayblov e’lon qilishga qaror qilishdi», dedi Demokratik partiya matbuot kotibi Xan Min Min.
Agar Yun Sok Yol aybdor deb topilsa, ko‘p yillik qamoq jazosiga mahkum etilishi mumkin.
Sobiq prezident qamoqqa olingan va bir kishilik kamerada saqlanmoqda. Harbiy holat joriy etishga uringani uchun parlament unga impichment e’lon qilgan.
Mavzuga oid

17:25 / 07.05.2025
T'way Air Seuldan Toshkentga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi

21:14 / 05.05.2025
Janubiy Koreya aeroportlar yaqinida qushlarni nazorat qilishni kuchaytiradi

18:34 / 01.05.2025
Janubiy Koreya prezidenti vazifasini bajaruvchi saylovlar oldidan iste’foga chiqdi

12:36 / 24.04.2025