Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kolumbiya migrantlarga to‘la AQSh samolyotlarini o‘z hududiga kiritmadi
Mamlakat prezidenti Gustavo Petro AQSh ma’muriyati harakatlarini qoralab, migrantlarda ham huquq borligini ta’kidladi.
Kolumbiya hukumati deportatsiya qilingan migrantlarni olib ketayotgan AQSh samolyotlarini qabul qilishdan bosh tortdi. Bu haqda Reuters amerikalik mulozimga tayanib xabar berdi.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, ikkita samolyot bortida 160 nafarga yaqin migrant bor edi. Oxir oqibat samolyot orqaga qaytishga majbur bo‘lgan.
Rasmiyning so‘zlariga ko‘ra, avvalroq AQSh harbiy samolyotlari migrantlarni mamlakat tashqarisiga olib chiqishda foydalanilmagan, biroq Pentagon prezident Donald Tramp ma’muriyati mamlakat janubida favqulodda holat e’lon qilganidan keyin bunday choralarni ko‘rgan.
Kolumbiya prezidenti Gustavo Petro AQSh ma’muriyati harakatlarini qoralab, migrantlar «huquq sub’yektlari» ekanini ta’kidlab, 15,5 mingdan ortiq amerikalik o‘z mamlakatida noqonuniy yashayotganini qo‘shimcha qildi.
«Migrant jinoyatchi emas va unga insoniy munosabatda bo‘lish kerak», dedi Petro va agar AQSh fuqarolik samolyotlaridan foydalansa va migrantlar bilan munosabatlarda yaxshiroq protokollar joriy qilsa, Kolumbiya vatandoshlarini qabul etishini qo‘shimcha qildi.
Tramp saylovoldi kampaniyasida barcha 11 million noqonuniy migrantni Qo‘shma Shtatlardan ommaviy deportatsiya qilishga bir necha bor va’da bergan edi. Ularning aksariyati Meksika, Salvador, Haiti, Gvatemala, Honduras, Venesuela, Braziliya, Dominikana, Kolumbiya, Ekvador va boshqa davlatlardan.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
22:46 / 27.05.2025