Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kim Chen In KXDR yadroviy qalqonini mustahkamlashni buyurdi
Shimoliy Koreya yetakchisining so‘zlariga ko‘ra, respublikada yadroviy materiallar ishlab chiqarish rejasini yanada oshirish kerak.
Shimoliy Koreya tashqi tahdidlar soni ortib borayotgani sabab yadroviy qarama-qarshilikka tayyorligini oshirishi kerak. Bu haqda KXDR yetakchisi Kim Chen In ma’lum qildi, deb xabar beradi Koreya Markaziy telegraf agentligi.
Qayd etilishicha, Kim Chen In yadroviy materiallar ishlab chiqarish bazasi va yadroviy qurol tadqiqot markaziga tashrifi davomida ushbu mavzuni ko‘targan. Uning aytishicha, yadroviy materiallar ishlab chiqarish rejasini yanada oshirish va «mamlakatning yadroviy qalqonini mustahkamlashda novatorlik natijalariga erishish» kerak.
Kim Chen Inning ta’kidlashicha, respublikaning mazkur yo‘nalishdagi potensiali «kundan kunga mustahkamlanib bormoqda».
«Milliy suverenitet, manfaatlar va rivojlanish huquqini ishonchli kafolatlaydigan yadroviy qalqonni muntazam ravishda mustahkamlab borish juda muhim», — deydi KXDR yetakchisi. Shuningdek, u milliy nufuzni oshirish va milliy manfaatlar himoyasi uchun xavfsizlikning yangi xatarlariga strategik tayyorgarlik ko‘rish zarurligini qayd etgan.
Eslatib o‘tamiz, Shimoliy Koreya 14 yanvar kuni Yapon dengizi tomon bir nechta qisqa masofali ballistik raketalarni uchirgan edi. O‘shanda raketalar dengizga tushishdan oldin taxminan 250 kilometr uchib o‘tgandi.
Mavzuga oid
17:55 / 25.05.2025
KXDRda esminetsni suvga tushirishda yuz bergan avariya ishi bo‘yicha uch kishi hibsga olindi
20:05 / 22.05.2025
KXDRda yangi esminetsni suvga tushirish vaqtida «jiddiy avariya» yuz berdi
19:20 / 10.05.2025
Kim Chen In Rossiyani G‘arb tajovuzidan himoya qilishga va’da berdi
17:46 / 09.05.2025