Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyada qalbaki alkogoldan vafot etgan o‘zbekistonliklar soni 23 kishiga yetdi
Istanbuldagi bosh konsulxonaga ko‘ra, vafot etganlarning ikki nafari - ayol. Shuningdek, spirtli ichimlikdan zaharlangan ba’zi O‘zbekiston fuqarolari davolanish kursini yakunlab, shifoxonadan chiqqan.
2025 yil 30 yanvar holatiga ko‘ra, Turkiya hududida qalbaki spirtli ichimlikdan zaharlangan O‘zbekiston fuqarolari soni 23 nafarga yetdi. Bu haqda O‘zbekistonning Istanbuldagi bosh konsulxonasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, vafot etganlarning ikki nafari — ayol.
Bosh konsulxonaga ko‘ra, vafot etgan barcha fuqarolarning jasadlarini O‘zbekistonga olib ketish bo‘yicha Tashqi ishlar vazirligi va Migratsiya agentligi tomonidan tegishli konsullik, huquqiy va tashkiliy yordam ko‘rsatilgan.
Shuningdek, ba’zi vatandoshlar davolanish kursini yakunlab, shifoxonadan chiqqan, ayrimlari esa tibbiy muolajalarni davom ettirmoqda.
«O‘zbekistonning Anqaradagi elchixonasi va Istanbuldagi Bosh konsulxonasi ushbu masala bo‘yicha nazoratni davom ettirmoqda», — deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, 15 yanvar kuni Bosh konsulxonaga 4 nafar fuqaroning qalbaki spirtli ichimlik iste’mol qilish natijasida vafot etgani bo‘yicha murojaatlar kelib tushgandi. Keyinroq vafot etganlar soni 17 kishiga yetgani to‘g‘risida xabar berildi. Ba’zi O‘zbekiston fuqarolari zaharlangan bo‘lsa-da, uy sharoitida davolanishga harakat qilib, shifoxonaga bormagan holatlar ham aniqlangan.
Mazkur holatga aloqadorlikda ayblanib, ikki nafar Turkmaniston fuqarosi qo‘lga olingan va ularga nisbatan jinoyat ishi ochilgan.
Mavzuga oid
15:02 / 23.05.2025
Istanbulda O‘zbekiston fuqarolarini ishga joylashtirish masalasi muhokama qilindi
09:12 / 22.05.2025
Surxondaryoda qovun yegan fuqarolar zaharlangani rad etildi
19:10 / 17.05.2025
Istanbul aeroportida tanasiga oltin yashirgan o‘zbekistonlik ayollar ushlandi
13:33 / 17.05.2025