O‘zbekiston | 20:52 / 31.01.2025
1654
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonning Albaniyadagi birinchi elchisi tayinlandi

Baxtiyor Ibragimov Albaniya prezidenti Bayram Begayga ishonch yorliqlarini topshirdi.

Foto: dunyo

O‘zbekistonning favqulodda va muxtor elchisi Baxtiyor Ibragimov (qarorgohi Vena shahrida joylashgan) Albaniya prezidenti Bayram Begayga ishonch yorliqlarini topshirdi.

Prezident qarorgohida bo‘lib o‘tgan tantanali marosimdan so‘ng o‘tkazilgan muloqot chog‘ida O‘zbekiston va Albaniya o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi. Savdo-iqtisodiy, madaniy va turizm sohalarida hamkorlikni mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Baxtiyor Ibragimov 2023 yil noyabr oyida Avstriya prezidenti Aleksandr Van der Bellenga ishonch yorliqlarini topshirgan edi. Shuningdek, u 2023 yilda shtab kvartirasi Vena shahrida joylashgan YeXHT, BMT Giyohvand moddalar va jinoyatchilikka qarshi kurashish boshqarmasi, Yadro sinovlarini keng qamrovli taqiqlash to‘g‘risidagi shartnoma tashkiloti, AEXA kabi xalqaro tashkilotlardagi mamlakatimizning rasmiy vakili sifatida ham akkreditatsiya qilingan.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid