Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Qozog‘iston ijtimoiy himoya sohasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yadi
Mamlakat elchixonasi ko‘magida O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori Mansurbek Olloyorov va Qozog‘iston mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri Svetlana Jakupova o‘rtasida onlayn uchrashuv tashkil etildi.
Muloqot chog‘ida O‘zbekiston va Qozog‘iston amaldagi ijtimoiy sug‘urta, muhtoj toifadagi fuqarolar va bolali oilalarni qo‘llab-quvvatlash, migratsiyasi, mehnatni muhofaza qilish va sog‘liqni saqlash, bandlikni ta’minlash, pensiya va ijtimoiy ta’minot, shuningdek, nogironlik, boquvchisini yo‘qotganlik uchun davlat nafaqalarini ajratish kabi yo‘nalishlarda tajriba almashish bo‘yicha fikr almashildi.
Vazir Svetlana Jakupova ijtimoiy soha yo‘nalishida Qozog‘istonda olib borilayotgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berdi. U ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini rivojlantirish va tajriba almashishga tayyorligini ta’kidladi.
Uchrashuv yakunida tomonlar ijtimoiy sug‘urta tizimini takomillashtirish, raqamlashtirish, nogironligi bo‘lgan shaxslar bilan ishlash, qo‘shma chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va boshqalar to‘g‘risida kelishib olindi.
Mavzuga oid
08:50 / 21.05.2025
4 oyda zo‘ravonlikka uchragan 2 mingdan ortiq xotin-qizga yordam ko‘rsatildi
10:44 / 14.05.2025
Rossiyada ota-ona qaramog‘isiz qolgan bola O‘zbekistonga qaytarildi
23:12 / 29.04.2025
Rossiyada ota-ona qaramog‘isiz qolgan bolalar O‘zbekistonga qaytarildi
11:36 / 29.04.2025