Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent viloyatidagi zapravkada avtobus gazballoni portladi
Hodisa Yangiyo‘l tumanidagi «Registon» MFY hududida joylashgan avtomobillarga gaz to‘ldirish shoxobchasida sodir bo‘lgan. Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.
Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Yangiyo‘l tumanidagi zapravkada avtobusning gazballoni portlagani yuzasidan ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, 1 fevral kuni soat 08:40 da Yangiyo‘l tumani «Registon» MFY Navbahor ko‘chasida joylashgan avtomobillarga gaz to‘ldirish shoxobchalarning birida Isuzu rusumli transport vositasiga o‘rnatilgan gazballonidagi gaz to‘ldirish uchun mo‘ljallangan qismiga ulangan maxsus metall moslama chiqib ketgan. Natijada gaz yuqori bosim bilan havoga chiqishi kuzatilgan.
Sodir bo‘lgan holat oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.
«Shu o‘rinda Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi fuqarolardan avtomobillarga gaz to‘ldirish shoxobchalarida belgilangan qoidalarga amal qilishlarini so‘rab qoladi», — deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, 2023 yil oktyabrda Qashqadaryoda avtobusda gazballoni portlashi oqibatida 4 kishi jarohat olgandi, shuningdek, 2024 yil oktyabrda Qashqadaryoda gaz-zapravkada portlash sodir bo‘lgani to‘g‘risida xabar berilgan edi. Hodisa «Kamaz» avtomobilidan gaz saqlash yomkostiga gaz quyish vaqtida yuz bergan. Portlashdan so‘ng kelib chiqqan yong‘in qariyb 1 soatda o‘chirilgan.
Mavzuga oid
21:28 / 22.05.2025
Toshkentda yo‘lovchilar avtobus harakatiga to‘sqinlik qilgan avtomobil haydovchisini jazoladi
20:24 / 20.05.2025
Sergeli va Yunusobodni tezyurar avtobus yo‘lagi bog‘laydi. Loyiha qiymati – 50 mln dollar
19:08 / 13.05.2025
Toshkentda avtobuslar uchun yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi
14:39 / 13.05.2025