Toshkentdagi sexda 1,7 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalanildi
MChJ rahbari va boshqalar sexga o‘rnatilgan hisoblagichga tashqi ta’sir ko‘rsatgan.

Toshkent shahar Yashnobod tumanida joylashgan metallni qayta ishlash sexida 1,7 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanildi.
Bosh prokuratura xabar berishicha, “K.Y.A.” MChJ rahbari B.J. va boshqalar sexga o‘rnatilgan hisoblagichga tashqi ta’sir ko‘rsatgan.
Mazkur holat yuzasidan jamiyat rahbari B.J. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi “a” bandi (o‘g‘rilik juda ko‘p miqdorda) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Mavzuga oid

12:20
Yuzlab insonlarni chuv tushirgan avtolizingchilarga hukm o‘qildi

10:01
2024 yil xalqaro reytingda Toshkent havo iflosligi bo‘yicha 19-o‘rinni egalladi

09:57
Toshkentda isitish mavsumini yakunlash haqidagi qaror «tez orada» qabul qilinadi

04:32