Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukraina dronlari Kubandagi neftni qayta ishlash zavodiga hujum qildi
5 fevralga o‘tar kechasi Ukraina Qurolli kuchlari uchuvchisiz uchoqlari Azov dengizi sohilidan 40 km uzoqlikda joylashgan «Albashneft» neftni qayta ishlash zavodiga hujum qildi. Kamida bitta yoqilg‘i rezervuari yonib ketdi.
Ukraina uchuvchisiz uchoqlari 5 fevral, chorshanbaga o‘tar kechasi Krasnodar o‘lkasining Novominskaya stanitsasidagi neftni qayta ishlash zavodiga hujum qildi. Bu haqda mintaqa gubernatori Veniamin Kondratev o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi. «UUA bo‘laklari neft mahsulotlarining mayda qoldiqlari bo‘lgan rezervuar ustiga tushdi. Yong‘in boshlandi», deb yozadi rasmiy va «yong‘in nazoratga olingani»ni ta’kidladi.
Novominskaya stanitsasida yagona neftni qayta ishlash zavodi — «Albashneft» OAJ joylashgan. U 2010 yilda ochilgan bo‘lib, zavod yiliga 320 ming tonnagacha neft mahsulotlarini ishlab chiqaradi. Neftni qayta ishlash zavodida sig‘imi 9 dan 10,3 ming kub metrgacha bo‘lgan sakkizta rezervuar mavjud.
Dronlar kamida 230 km masofani bosib o‘tgan
Korxona Rostov-Don shahridan 115 km janubda va Azov dengizi sohilidan 40 km uzoqlikda joylashgan. U yerdan Ukraina Qurolli kuchlari nazorati ostidagi hududgacha bo‘lgan masofa 230 kmdan ortiq.
Astra Telegram-kanali korxonadagi yong‘in tasvirini e’lon qildi. Videoga ko‘ra, kamida bitta yoqilg‘i rezervuari butunlay alanga ichida qolgan. Mahalliy aholining aytishicha, Toshkent vaqti bilan soat 08:15 da yong‘in hali o‘chirilmagan.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
08:25 / 28.05.2025
Sobyanin: Moskva yaqinida 30 dan ortiq dron yo‘q qilindi
20:37 / 27.05.2025