Toshkent viloyatida tabiiy qumni o‘zboshimchalik bilan qazib olganlar ushlandi
Surxondaryo va Toshkent viloyatlarida tabiiy qum xomashyosini o‘zboshimchalik bilan qazib olish holatlari fosh etildi.

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament
Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Termiz tuman bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.
Unda, fuqaro J.E. va boshqalar o‘zaro til biriktirib, Surxondaryo o‘rmon xo‘jaligi hududidagi 3 gektar yer maydonida 20 ming kub hajmdagi noruda foydali qazilma hisoblangan tabiiy qum xomashyosini o‘zboshimchalik bilan qazib olib, davlat va jamiyat manfaatlariga 2 mlrd so‘m zarar yetkazgani aniqlangan.
Shu kabi, departamentning Bekobod tumani bo‘limi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Unda, “Avangard” massivi hududida fuqaro A.A. va boshqalar o‘zaro til biriktirib, 21,6 ming kub hajmdagi noruda foydali qazilma hisoblangan tabiiy qum xomashyosini o‘zboshimchalik bilan qazib olganliklari aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 229-moddasi (o‘zboshimchalik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid

22:20 / 10.05.2025
Bekobod shahrida Damas piyodani bosib ketdi

07:40 / 06.05.2025
Toshkentda qalbaki dori ishlab chiqarish va savdosi bilan shug‘ullangan yashirin sex aniqlandi

15:01 / 05.05.2025
«CanSat Uzbekistan-2025» musobaqasining final bosqichidan fotoreportaj

13:57 / 28.04.2025