620 mln so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan tikuvchilik sexi aniqlandi
O‘zboshimchalik bilan tarmoqqa ulanib, 621,6 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelayotgan MChJ fosh etildi.

Foto: O‘zenergoinspeksiya
«O‘zenergoinspeksiya» Andijon viloyat hududiy boshqarmasi, viloyat prokuraturasi va elektr ta’minoti korxonasi bilan hamkorlikda nazorat tadbiri o‘tkazildi.
Unda, Qo‘rg‘ontepa tumanida joylashgan "Z.T.I." MChJga qarashli tikuvchilik sexida o‘zboshimchalik bilan tarmoqqa ulanib, elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi.
Ushbu qoidabuzarlik natijasida, dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, energiya ta’minoti korxonasiga 621,6 mln so‘mlik zarar yetkazilgani ma’lum bo‘ldi.
Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.
Mavzuga oid

15:14 / 16.03.2025
Andijonda 5,3 milliard so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan sex fosh etildi

16:13 / 14.03.2025
Tadbirkorlarga elektr va gaz uchun to‘lovlarni onlayn to‘lashga ruxsat berildi

09:40 / 06.03.2025
2,1 mlrd so‘mlik elektrdan o‘g‘rincha foydalangan korxona fosh etildi

14:05 / 05.03.2025