Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada qarovsiz qolgan o‘zbekistonlik bolalar vatanga qaytarildi
Ularning ota-onalari Rossiya hududida bo‘lib turish qoidalarini buzgani sababli vaqtincha saqlash markaziga joylashtirilgan.
O‘zbekistonning Bosh konsulxonasi diplomatlari ko‘magida Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida ota-ona qaramog‘isiz qolgan to‘rt nafar voyaga yetmagan bola vatanga qaytarildi.
Qayd etilishicha, ular ota-onasi bilan Rossiyaga borgan. Ammo bolalarning ota-onalari Rossiya hududida bo‘lib turish qoidalarini buzgani sababli deportatsiya qilish uchun vaqtincha saqlash markaziga joylashtirilgan. Voyaga yetmagan to‘rt nafar bola yaqin tanishlari bilan qolgan.
«O‘zbekistonlik diplomatlar zudlik bilan voyaga yetmagan hamyurtlarimizning manzilini aniqladi. Shuningdek, ularning vatanga qaytishiga amaliy yordam ko‘rsatildi», — deyiladi xabarda.
Bundan oldin Xitoyda murakkab vaziyatga tushib qolgan O‘zbekiston fuqarolari, shuningdek, Turkiyada qarovsiz qolgan o‘zbekistonlik bolalar vatanga qaytarilgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Shuningdek, Rossiyada qiyin ahvolda qolgan 3 nafar bola 11 fevral kuni O‘zbekistonga olib kelingan edi.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
10:23 / 28.05.2025
Davlat departamenti spikeri: Rossiya Trampning so‘zlarini jiddiy qabul qilishi kerak
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
21:34 / 27.05.2025