Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Foto: Mudofaa vazirligining xalqaro ko‘rgazmadagi harbiy texnikalari
Mudofaa sanoati agentligi BAAda bo‘lib o‘tayotgan IDEX-2025 xalqaro mudofaa texnologiyalari ko‘rgazmasida O‘zbekistonning harbiy texnikalari, jumladan, «Arslon» zirhli transport vositalari, yuk mashinasi shassisiga o‘rnatilgan «To‘fon» o‘ziyurar gaubitsasini namoyish qildi.
Mudofaa sanoati agentligi O‘zbekiston nomidan Abu Dabida bo‘lib o‘tayotgan IDEX-2025 xalqaro mudofaa texnologiyalari ko‘rgazmasida ishtirok etmoqda, deb xabar bermoqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati.
Har ikki yilda o‘tkaziladigan, bu yil 17−21 fevral kunlariga to‘g‘ri kelgan ko‘rgazmada O‘zbekiston harbiy sanoat korxonalari tomonidan ishlab chiqilgan harbiy texnikalar, jumladan, dronlar va elektron urush tizimlari, shuningdek, ikki xil maqsadga mo‘ljallangan mahsulotlar namoyish etilmoqda.
Xususan, O‘zbekiston uchun ajratilgan pavilonlardan «Arslon» 8×8 va 6×6 zirhli transport vositalari, shuningdek, yuk mashinasi shassisiga o‘rnatilgan «To‘fon» o‘ziyurar gaubitsasi ham o‘rin oldi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, harbiy texnikalar NATO standartlari asosida yaratilgan.
Besh kunlik tadbir doirasida ilg‘or harbiy texnologiyalar, strategik sheriklik, sanoat innovatsiyalarini namoyishi, kiberxavfsizlik hamda sun’iy intellekt va xavfsizlikning kelajagini belgilaydigan yirik shartnomalar imzolanishi ko‘zda tutilgan.





Mavzuga oid
19:54 / 23.05.2025
«Harbiylarning aloqasi yo‘q». Mudofaa vazirligi Xorazmda metallolomga topshirilgan snaryad bo‘yicha ma’lumot berdi
20:13 / 06.05.2025
AQSh armiyasida generallar ommaviy ravishda ishdan bo‘shatiladi
16:55 / 22.01.2025
Harbiy-strategik hamkorlik dasturi va 50 ta qo‘shma tadbir - Rossiya mudofaa vazirining O‘zbekistonga tashrifi tafsilotlari
12:38 / 05.01.2025