Samarqandda novvoyxona 820 mln so‘mlik gazdan noqonuniy foydalandi
Samarqand viloyatida 819,9 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan novvoyxona aniqlandi.

Foto: O‘zenergoinspeksiya
“O‘zenergoinspeksiya” xabarida aytilishicha, holat “O‘zenergoinspeksiya” Samarqand viloyat hududiy boshqarmasi va viloyat prokuraturasi hamkorlikda o‘tkazilgan nazorat tadbirida aniqlangan. Oqdaryo tumanida yashovchi fuqaro B.R. “Loyish” MFYda joylashgan novvoyxonasida gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulab, tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan.
Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra gaz ta’minoti korxonasiga 819,9 million so‘mlik zarar yetkazgani ma’lum bo‘ldi.
Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.
Mavzuga oid

21:26 / 03.05.2025
Samarqandda o‘quvchilar uzr uchun tiz cho‘ktirildi

17:10 / 02.05.2025
“Jahldor o‘qituvchi” - Samarqandda pedagog bolalarga o‘ta qo‘pol munosabatda bo‘ldi

20:00 / 29.04.2025
Samarqandda mayiz yetishtirish va eksport bo‘yicha yirik loyiha boshlanmoqda

23:22 / 25.04.2025