Fransiya Ukrainaning qurolsizlantirilishiga qarshi ekanini ma’lum qildi
Fransiya mudofaa vaziri so‘zlariga ko‘ra, Ukraina mudofaa kuchlari har qanday kelajakdagi Yevropa xavfsizlik arxitekturasi uchun muhim element hisoblanadi.

Foto: AFP
Parij Ukrainadagi o‘t ochishni to‘xtatish rejimini qo‘llab-quvvatlashda davom etadi, biroq Ukraina armiyasining har qanday qurolsizlantirilishini (demilitarizatsiyasini) rad qiladi. Bu haqda Fransiya mudofaa vaziri Sebastyan Lekornyu Mudofaa va strategiya forumi ochilishida ma’lum qildi, deb yozdi Le Parisien.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina mudofaa kuchlari har qanday kelajakdagi Yevropa xavfsizlik arxitekturasi uchun muhim element hisoblanadi.
Lekornyu, shuningdek, Yevropa hozir Sovuq urush va ko‘plab jahon kuchlari ta’sir o‘tkazish uchun kurashayotgan «tinchlik dividendlari davridan» farq qiluvchi yangi tarixiy davrni boshidan kechirayotganini qo‘shimcha qildi.
Uning ta’kidlashicha, Mudofaa va strategiya bo‘yicha Parij forumida agar kelajakda ayrim davlatlar, xususan, bir davlat xavfsizlikka qo‘shgan hissasini kamaytirsa, NATO va G‘arb davlatlari o‘zining sharqiy qanotini qanday himoya qilishi mumkinligi muhokama qilinadi.
11 mart kuni Parijda boshlangan tadbirda 30 dan ortiq davlatdan shtab boshliqlari va harbiy xizmatchilar ishtirok etmoqda. Forumda Ukraina uchun xalqaro xavfsizlik kuchlarini yaratish masalasi muhokama qilinadi.
Amerika delegatsiyasi Parijga taklif qilinmagan. Fransiya harbiy mulozimining AP agentligiga aytishicha, bu qaror Yevropa ehtimoliy o‘t ochishni to‘xtatishdan keyin Ukrainada tinchlikni saqlash uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga qodirligini namoyish etmoqchi bo‘lgani uchun qabul qilingan.
Avvalroq Lekornyu Fransiya Kiyevga Rossiyaning muzlatilgan aktivlari bo‘yicha foizlar hisobiga 195 million yevro miqdorida harbiy yordam bermoqchi ekanini ma’lum qilgandi.
Mavzuga oid

18:24
Rossiya 30 kunlik otashkesimga rozi bo‘lmasa, qo‘shimcha sanksiyalarga duchor bo‘lishi mumkin

16:24
«Tinchlik uchun yaxshi kun» - Jiddadagi muzokaralar yakunlariga dunyo bo‘ylab qanday reaksiya qilinmoqda?

13:01
Ukraina: AQSh harbiy yordamni tikladi

11:20