Samarqand viloyatida uchta tarixiy masjid buzib tashlandi
Yana bir tarixiy yodgorlik ruxsatsiz ta’mirlangan. Prokuratura tomonidan to‘rtala holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Foto: Bosh prokuratura
Samarqand viloyatining ikkita tumanida uchta tarixiy masjid binosi buzib tashlangan. Yana bitta tarixiy yodgorlik tegishli ruxsat olinmasdan ta’mirlangan. Bu haqda Bosh prokuratura xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, prokuratura organlari tomonidan Madaniy meros agentligi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida Samarqand viloyatidagi XIX – XX asrlarga oid 3 ta tarixiy masjid binolari buzib tashlangani hamda 1 tasi tegishli ruxsatsiz ta’mirlangani aniqlangan.
Oqibatida tarixiy yodgorliklarga jami 46,8 mlrd so‘mlik zarar yetkazilgan.
Xususan, Kattaqo‘rg‘on tumanidagi “Kushoq ota” masjidi buzilib, yodgorlikka 19,6 mlrd so‘m, Urgutdagi “Ahmad Yassaviy” va “Hoji O‘rinboy” masjidlari buzilib, yodgorliklarga 17 mlrd so‘mlik zarar yetkazilgan.
Shuningdek, Samarqand tumanidagi “Kulba” arxitektura yodgorligi ruxsatsiz ta’mirlangani oqibatida tarixiy yodgorlikka 10,2 mlrd so‘mlik zarar yetkazilgan.
Qayd etilishicha, aniqlangan holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan. Hozirda nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda.
Mavzuga oid

10:59 / 11.03.2025
Kattaqo‘rg‘onda eshak so‘yib, go‘shtini sotib kelgan shaxslar aniqlandi

13:14 / 05.03.2025
Sankt-Peterburgdagi “kichik Samarqand” yoxud Buxoro amiri qurdirgan masjid haqida bilasizmi?

17:22 / 17.10.2024
Samarqandda tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan “metan zapravka” aniqlandi

17:08 / 30.08.2024