Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tomsk oblastiga O‘zbekistondan ishchi kuni jalb qilinadi
O‘zbekiston bosh konsuli Aslam Akbarov Rossiyaning Tomsk oblasti gubernatori Vladimir Mazur bilan muzokara o‘tkazdi.
Gubernator 2024 yil yanvar-sentabr holatida, tovar ayirboshlash bo‘yicha O‘zbekiston Tomsk viloyatining savdo hamkorlari reytingida birinchi o‘rinni egallaganini bildirdi.
Tomonlar iqtisodiyotning barcha tarmoqlari, jumladan, yoqilg‘i-energetika, kimyo sanoati, sanoat kooperatsiyasi va boshqa sohalarda o‘zaro hamkorlikni jadallashtirish uchun yuqori salohiyat mavjudligini qayd etdilar.
O‘zbekiston va Tomsk oblastidagi oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida ilmiy, akademik aloqalarni yo‘lga qo‘yish, qo‘shma ta’lim dasturlarini amalga oshirishga e’tibor qaratildi.
Uchrashuvda, shuningdek, mehnat migratsiyasi masalasiga, xususan, Tomsk oblastidagi turli korxonalarga O‘zbekistondan ishchi kuni qonuniy asosda jalb qilish xususida fikr almashildi.
Rossiya tomoni O‘zbekiston fuqarolarining hudud iqtisodiy rivojlanishiga qo‘shayotgan hissasini qayd etib, Tomsk oblastida ularning barcha huquq va manfaatlari hurmat qilinishini tasdiqladi.
Ushbu yo‘nalishdagi asosiy qadamlar sifatida Tomsk oblasti ma’muriyati va Rossiyaning mazkur hududdagi mehnat migratsiyasi sohasidagi tegishli tuzilmalari hamda O‘zbekiston Migratsiya agentligi vakillari o‘rtasida onlayn muzokaralar tashkil etish taklifi qo‘llab-quvvatlandi.
Mavzuga oid
08:40 / 13.05.2025
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi
17:02 / 12.05.2025
Rossiyada xorijliklarga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi o‘zgaradi
14:54 / 12.05.2025
Rossiya TIV: Avval Istanbuldagi muzokaralar, keyin - sulh mavzusi
13:00 / 12.05.2025