O‘zbekiston | 17:00 / 12.03.2025
2845
2 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Tomorqa – rizq va daromad manbai 

“Biznesni rivojlantirish banki” ATB tomonidan “Yangiyo‘l-agrostar” kompaniyasining tomorqachilik maktabida aholining tomorqa yer maydonlaridan foydalanish samaradorligini oshirishga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi.

Tadbirda ishtirok etgan hokim yordamchilariga yangi qabul qilingan me’yoriy-huquqiy hujjatlar va yangiliklar haqida axborot berildi. Xususan, davlatimiz rahbarining joriy yil 14 fevralda qabul qilingan “Tomorqa yer egalari va dehqon xo‘jaliklari faoliyatida zamonaviy tashkiliy tizimni joriy qilish va moliyaviy qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni hamda “O‘zagrostar xolding” kompaniyasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori mazmun-mohiyati tushuntirildi.

Tomorqa yer egalari va dehqon xo‘jaliklari faoliyatini rivojlantirish va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish bo‘yicha Kengashning maqsad-vazifalari va “O‘zagrostar xolding” kompaniyasining joriy faoliyati haqida taqdimotlar o‘tkazildi.

Shuningdek, seminarda aholi orasida bank mahsulotlarining targ‘ibotini olib borish, mahallalardagi qo‘shimcha imkoniyatlarni aniqlash va fuqarolarning tomorqadan samarali foydalanishiga doir ishlarni tashkil etish bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi.

Ta’kidlash lozimki, “Biznesni rivojlantirish banki” mahallalarning ixtisoslashuvidan kelib chiqqan holda tomorqalarda yuqori daromadli mahsulotlar yetishtirishni moliyaviy qo‘llab-quvvatlamoqda. Bank tomonidan yaqinda yo‘lga qo‘yilgan “Mahalla bankirlari” bu yo‘nalishda faol ish olib bormoqda.

Bank va “O‘zagrostar xolding” kompaniyasining hamkorlikdagi loyihalari tomorqa yer egalari va dehqon xo‘jaliklari faoliyatini zamonaviy asoslarda yanada rivojlantirishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.

Reklama huquqi asosida

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid