Toshkentda havo tozaligini nazorat qiluvchi ikkita stansiya o‘rnatildi
O‘rnatilgan stansiyalar havo ifloslanishini yuqori darajadagi aniqlikda o‘lchash bo‘yicha patentlangan texnologiyalarga ega.

Foto: Zamin Foundation
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi hamda «Zamin» xalqaro jamoat fondi tomonidan Toshkent shahrining Yashnobod va Olmazor tumanlarida havoni monitoring qiluvchi 2 ta avtomatik stansiya o‘rnatildi va ishga tushirildi.
Qayd qilinishicha, bu «Atmosfera havosi ifloslanishi monitoringini avtomatlashtirish» loyihasi doirasida amalga oshirildi. O‘rnatilgan stansiyalar havo ifloslanishini yuqori darajadagi aniqlikda o‘lchash bo‘yicha patentlangan texnologiyalarga ega.
Ta’kidlanishicha, avtomatik stansiyalarni o‘rnatish joyini tanlash turli omillarga bog‘liq. Ular orasida aholi zich joylashgan hududlar, asosiy yo‘llar va transport magistrallari, muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar muhim o‘rin tutadi. Bu o‘z navbatida aholi turmush sifatini yaxshilash va atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha qarorlar qabul qilish uchun aniq ma’lumotlar to‘plash va ulardan samarali foydalanish imkonini beradi.
Xabarga ko‘ra, Gidrometeorologiya agentligi xodimlari stansiyalardan kelayotgan ma’lumotlarni tahlil qilish, shuningdek, uskunalar va dasturiy ta’minotdan foydalanish bo‘yicha muntazam ravishda o‘qitilmoqda.
Mavzuga oid

19:00 / 22.05.2025
Toshkentdagi “Gumma-Xonim ” ovqatlanish markazi buyurtmalar uchun sall-markazni ishga tushirdi

18:50 / 22.05.2025
Sud Yakkasaroyda aholi noroziligiga sabab bo‘layotgan mehmonxona qurilishini vaqtincha to‘xtatdi

19:45 / 21.05.2025
Toshkentning 4 ta tumanida issiq suv ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi

23:56 / 20.05.2025