Jahon | 12:20
4855
3 daqiqa o‘qiladi

Sirskiy: Ukraina qurolli kuchlari Kursk oblastidan qisman chiqib ketyapti

Aleksandr Sirskiy ukrainalik askarlarning hayotini saqlab qolishni ustuvor vazifa deb atadi. Ular Kursk oblastida mudofaani «maqsadga muvofiq va zarur bo‘lgan vaqtgacha» ushlab turadilar, dedi u.

Foto: AP / Vadim Ghirda

Ukraina qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni Aleksandr Sirskiy Ukraina qo‘shinlari Kursk oblastidan qisman olib chiqilishini ma’lum qildi. «Mening ustuvor vazifam ukrainalik askarlarning hayotini saqlab qolish edi va shunday bo‘lib qoladi. Buning uchun Mudofaa kuchlari bo‘linmalari, kerak bo‘lsa, foydaliroq pozitsiyalarga manyovrni amalga oshiradi. Birinchi navbatda, pilotsiz komponent, shuningdek, artilleriya o‘q otish qurollari ishlatilyapti. Buning uchun barcha kerakli buyruqlarni berdim», — deb yozdi Sirskiy 12 mart, chorshanba kuni Facebook sahifasida.

AFP ta’kidlaganidek, yanada qulayroq pozitsiyalarga o‘tish haqidagi so‘zlar odatda chekinish holatlarida qo‘llanadi.

Britaniya razvedkasi: Rossiya Kursk oblastida bosimni oshiryapti

Rossiya qo‘shinlari hujumning asosiy yo‘nalishini Kursk oblastiga qaratdi, bu esa Ukraina qurolli kuchlari uchun frontning boshqa hududlarida qarshi hujumga o‘tish uchun yangi imkoniyatlar ochdi. Bu haqda Buyuk Britaniya Mudofaa vazirligi 10 mart kuni X  ijtimoiy tarmog‘ida chop etilgan kundalik razvedka sharhida ma’lum qildi.

Britaniya harbiy razvedkasi ma’lumotlariga ko‘ra, rus qo‘shinlari Kursk oblastida Ukraina qo‘shinlariga bosimni kuchaytirib, uch yo‘nalishdan – g‘arb, shimol va sharqdan hujum qilmoqda. Shu bilan birga, Ukraina qo‘shinlari taxminan 300 kvadrat kilometr maydonni nazorat qilayotgan bo‘lishi mumkin. 

Frontning boshqa hududlarida Rossiya hujum harakatlarining intensivligi 2024 yil oxiri va 2025 yil boshiga nisbatan kamaydi, deyiladi sharhda. Bu Ukraina qurolli kuchlariga, xususan, Rossiyaning asosiy bo‘linmalari to‘plangan Donetsk oblasti Pokrovsk rayonida qarshi hujumlarni kuchaytirishga imkon berdi. Xabar qilinishicha, Ukraina qo‘shinlari Peschane, Udachne, Shevchenko yaqinida hamda T-0506 logistika magistralining janubida muvaffaqiyatli qarshi hujumga o‘tgan.

«Ukrainaning qarshi hujum qilish qobiliyati Rossiya tomonidan o‘tkazilayotgan quruqlikdagi hujum operatsiyalari sonining qisqarishi hisobiga yaxshilandi. Pokrovsk o‘qidagi Rossiya ta’minot liniyalari ham Ukraina uchuvchisiz uchish tizimlarining hujumlari tufayli zaiflashdi», — deb yozadi Buyuk Britaniya MV.

Mavzuga oid