Surxondaryoda 3 kishining o‘limiga sababchi bo‘lgan haydovchi 9,5 yilga qamaldi
59 yoshli haydovchi Isuzu yuk mashinasini Boysun tumani hududida boshqarib borayotib, yo‘l chetida to‘xtab turgan Captiva’ga idishdan benzin quyayotgan 3 kishini urib yuborgan. So‘ngra ularga yordam berish o‘rniga hodisa joyidan qochib ketgan.

Foto: Videodan kadr
Surxondaryo viloyatida 3 kishining o‘limiga sababchi bo‘lgan haydovchi jinoiy jazoga tortildi. Kun.uz sud hukmi bilan tanishdi.
Sud hujjatida keltirilishicha, YTH 2024 yilning 7 oktyabr kuni soat 22:00 lar atrofida M-39 avtomobil yo‘lining Boysun tumani Temirdarvoza mahallasi hududidan o‘tgan 116 kilometrida sodir bo‘lgan. 1966 yilda tug‘ilgan haydovchi T.U. Isuzu yuk mashinasini “Termiz-Toshkent” yo‘nalishida boshqarib borayotib, yo‘lning obochina qismida to‘xtab turgan Captiva mashinasi va uning yonidagi odamlarni urib yuborgan. So‘ngra ularga yordam bermasdan, hodisa joyidan qochib ketgan.
Captiva’ning avariya chiroqlari yoniq holatda turgan. Uning yonidagi 3 kishi esa idishdan mashinaga benzin quyayotgan bo‘lgan. YTH oqibatida J.Ya., S.R. va O‘.T. og‘ir tan jarohatlari olib, vafot etgan.
Isuzu haydovchisi Jizzaxga yetib kelganida ushlangan.
Sud majlisida T.U odamlarni urib yuborganini ko‘rgach, sog‘ligi yomonlashgani va shu sababli hodisa joyidan ketib qolganligini bildirgan.
Sud hukmi bilan T.U.ga 3 yil mashina boshqarish huquqidan mahrum qilgan holda 9 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.
Oldinroq Jizzaxda mast holda mashina boshqarib, opa-singilning o‘limiga sababchi bo‘lgan haydovchi uzoq muddatga qamalgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid

17:04 / 14.03.2025
Chigit ekadigan payt keldi, ammo barcha hududlarda emas

09:21 / 14.03.2025
Yo‘lovchilarni noqonuniy tashish bilan shug‘ullangan 108 mingdan ortiq haydovchiga chora ko‘rildi

17:30 / 10.03.2025
Surxondaryoda bolasini sotmoqchi bo‘lgan ayol 3 yilga qamaldi

14:10 / 09.03.2025