O‘zbekiston | 08:59
1410
2 daqiqa o‘qiladi

Bojxonachilar 790 kg giyohvandlik vositalarining noqonuniy muomalasiga chek qo‘ydi

Respublika bojxonachilari yil boshidan buyon 790 kgdan ziyod giyohvandlik vositalarining noqonuniy muomalasiga chek qo‘ydi. 

Foto: Bojxona qo‘mitasi

Bojxona qo‘mitasi ma’lum qilishicha, Chilonzor tumanida oldindan kuzatuvga olingan shaxs boshqaruvidagi avtomashina to‘xtatilib, belgilangan tartibda ko‘zdan kechirildi.

Natijada mashinadagi haydovchi va yo‘lovchining cho‘ntagida polietilen o‘ramlarda jami 165 gramm og‘irlikdagi “opiy” giyohvandlik vositasi borligi aniqlandi. 

Yashnobod tumanidagi ofislardan birida 953 gramm og‘irlikdagi “gashish” va ularni o‘lchashda foydalanilgan elektron tarozi borligi aniqlandi. 

Surxondaryo viloyati “Ayritom” chegara bojxona postida qo‘shni davlatdan kirib kelgan yuk mashinasini bojxona ko‘rigidan o‘tkazish davomida haydovchi avtotransport kabinasidagi orqa o‘rindiq ostida 37 gramm “gashish” giyohvandlik vositasini yashirib qo‘yganligi fosh bo‘ldi. 

Bojxonachilar yil boshidan buyon aniqlangan 108 ta qonunbuzilishi holatlarida 790 kgdan ziyod og‘irlikdagi giyohvand moddalarning olib kirilishi va ichki hududdagi aylanmasiga chek qo‘ygan.

Hozirda holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi.

Mavzuga oid