“Tashabbusli budjet”ning 2025 yilgi 1-mavsum g‘olib loyihalari e’lon qilindi
“Ochiq budjet” portalida “Tashabbusli budjet” jarayonining 2025 yilgi 1-mavsumi g‘olib loyihalari e’lon qilindi.

Foto: Kun.uz
Iqtisodiyot va moliya vazirligining ma’lum qilishicha, jarayonlarda mamlakat bo‘ylab jami 10 mln 450 mingta ovoz berildi.
Ovoz berish jarayoni yakunlariga ko‘ra, 3,2 trln so‘mlik 2 369 ta loyiha g‘olib deb topildi.
Shu bilan birga, Quva tumanida fuqarolar majburiy ovoz to‘plashga jalb etilishi holati qayd etilgani sababli majburiy ovoz to‘plangan loyihalarga aniqlik kiritilmoqda, o‘rganish natijalariga ko‘ra, mazkur tuman bo‘yicha g‘olib loyihalar qo‘shimcha ravishda e’lon qilinadi.
Vazirlik jarayonlarda ishtirok etgan barcha fuqarolarga minnatdorlik bildirgan holda “Tashabbusli budjet” loyihasining keyingi mavsumlarida ham faol bo‘lishni so‘ragan.
G‘olib bo‘lgan loyihalar bilan shu yerda tanishish mumkin.
Mavzuga oid

20:08 / 22.05.2025
Issiqlik ta’minoti obektlarini qurishga 500 mlrd so‘m ajratildi

10:18 / 15.05.2025
Rossiya federal budjetning deyarli uchdan bir qismini maxfiylashtirdi

15:03 / 03.05.2025
Tramp AQSh harbiy budjetini 1 trln dollargacha oshirmoqchi

21:37 / 26.02.2025