Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniyada armiyani moliyalashtirish uchun Konstitutsiya o‘zgartirildi
O‘zgartirishlar mamlakat mudofaasi va xavfsizligi bilan bog‘liq xarajatlarni oshirish imkonini beradi.
Germaniya prezidenti Frank-Valter Shtaynmayyer avvalroq parlament tomonidan ma’qullangan Konstitutsiyaga o‘zgartirishlar kiritish haqidagi qonunni imzoladi. O‘zgartirishlar tufayli Germaniya hukumati mamlakat mudofaasiga sarflanadigan xarajatlarni sezilarli darajada oshirishni rejalashtirmoqda, deb xabar berdi NTV.
Germaniyada qarz tormozi deb ataladigan mexanizm bor. U davlat qarzi hajmining yalpi ichki mahsulotga nisbatan 0,35 foiz chegarasidan oshib ketishiga yo‘l qo‘ymaydi. O‘zgartirishlarga ko‘ra, qonun mamlakat mudofaasi va xavfsizligi bilan bog‘liq xarajatlarga nisbatan qo‘llanilmaydigan bo‘ldi. Shu yo‘l bilan rasmiylar armiyani kuchaytirish uchun ko‘proq kredit olishi mumkin bo‘ladi.
Germaniya hukumati 500 milliard yevrogacha bo‘lgan maxsus jamg‘arma tashkil etish niyatida, uning mablag‘lari eskirgan harbiy infratuzilmani ta’mirlash yoki yangilash uchun sarflanadi.
21 mart kuni Bundesrat (Federal kengash) konstitutsiyaga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha kelishib oldi. Tashabbus 69 ovozdan 53 tasini oldi.
Mavzuga oid
13:59 / 28.05.2025
Germaniya rasmiylari Isroilning G‘azodagi harakatlarini tanqid qildi
11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
11:22 / 28.05.2025
Germaniyadagi qochqinlar soni 3,5 million kishiga yetdi
12:20 / 27.05.2025