Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AESda ishlab chiqariladigan elektr energiyasining narxi qancha bo‘ladi?
“O‘zatom” direktoriga ko‘ra, aniq narx yakuniy xarajatlar optimallashtirilishi va texnik-iqtisodiy asos ishlab chiqilgandan keyin ma’lum bo‘ladi. “AESda ishlab chiqarilgan elektr energiyasining narxi dunyodagi eng arzonlaridan biri bo‘ladi”, deya va’da berdi Azim Ahmadxo‘jayev.
“O‘zatom” direktori Azim Ahmadxo‘jayev Alter Ego loyihasiga bergan intervyusida Jizzaxda qurilajak kam quvvatli AESda ishlab chiqariladigan 1 kVt/soat elektr energiyasi narxi haqidagi savolga javob berdi.
“AESda ishlab chiqarilgan elektr energiyasining narxi dunyodagi eng arzonlaridan biri bo‘ladi”, – dedi u.
Ahmadxo‘jayevning qo‘shimcha qilishicha, aniq narx yakuniy xarajatlar optimallashtirilishi va texnik-iqtisodiy asos ishlab chiqilgandan so‘ng ma’lum bo‘ladi. Jahon tajribasidan kelib chiqiladigan bo‘lsa, loyihaning o‘zini oqlash muddati 15−20 yilni tashkil etishi mumkin.
“Stansiya – asosiy uskunalar va uzellarni almashtirmasdan 60 yilgacha ishlaydigan energiya manbaidir. Shundan so‘ng modernizatsiya va qo‘shimcha jihozlash ishlari olib boriladi. Keyin ham stansiya yana 20 yil ishlashi mumkin. Investitsiyalarni qaytarish muddati har qanday holatda ham stansiyadan foydalanish muddatidan bir necha baravar kam bo‘ladi. AES o‘zini qoplash nuqtasiga chiqqandan so‘ng, 1 kVt/soat elektr energiyasining narxi 1,5−2 sentni tashkil etishi mumkin”, dedi “O‘zatom” rahbari.
Uning so‘zlariga ko‘ra, AESning yakuniy qiymati hozircha noma’lum, lekin umumiy xarajatlar 2 mlrd dollardan oshmaydi. Stansiya asosan tashqi qarzlar hisobiga quriladi, davlat budjetidan minimal darajada foydalanish rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
16:41 / 22.05.2025
2026 yildan O‘zbekistonda AES sovitish tizimlarini ishlab chiqarish boshlanadi
16:51 / 13.05.2025
«Rosatom» O‘zbekistondagi kichik AES bloki uchun uskunalar ishlab chiqarishni boshladi
08:35 / 08.05.2025
Forishda kichik quvvatli AESni joylashtirish sxemasi tasdiqlandi
21:20 / 28.04.2025