O‘zbekiston ovozi ko‘chasining bir qismi yopildi
Toshkentda O‘zbekiston ovozi ko‘chasining bir qismi - Shastri va Yahyo G‘ulomov ko‘chalari oralig‘i rekonstruksiya uchun yopildi.

Foto: Mirzo Ulug‘bek tumani hokimligi
Poytaxtning O‘zbekiston ovozi ko‘chasining yana bir qismi - Shastri ko‘chasi bilan chorrahadan Yahyo G‘ulomov ko‘chasigacha bo‘lgan hudud rekonstruksiya ishlari munosabati bilan 27 mart kuni ertalab soat 7:00 dan 30 aprelga qadar transportlar harakati uchun yopiladi.
Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani hokimligi xabar berishicha, ko‘cha aholi ehtiyojlari va zamonaviy shaharsozlik standartlariga javob beradigan 24 soatlik maskanga aylantiriladi.
Loyiha piyodalar yo‘laklarini kengaytirish, yo‘l bo‘lagini toraytirish va avtomobillar tezligini cheklash uchun bruschatka yotqizish, yangi daraxt va butalar ekishni o‘z ichiga oladi.
Hozirgacha ko‘chaning 64-maktab va Le Grande Plaza mehmonxonasi (sobiq «Tata») oldidagi qismlari ta’mirdan chiqarildi.
Mavzuga oid

08:37 / 02.05.2025
Toshkent ko‘chalaridan birida mashinalar harakati vaqtincha to‘xtatildi

08:09 / 29.04.2025
Toshkentdagi ko‘chalardan biri 24 soatga yopildi

14:59 / 28.04.2025
Toshkentda gullar festivali munosabati bilan ayrim ko‘chalarda transport harakati cheklanadi

11:37 / 22.04.2025