Savdo urushi fonida oltin narxi yangi rekordga yetdi
AQSh prezidenti Donald Tramp tomonidan import avtomobillariga yangi bojlar joriy etilishi haqidagi bayonotdan so‘ng, dunyodagi savdo keskinlashuvi va fond bozorlarida pasayish ortidan sarmoyadorlar xavfsiz aktivlar - jumladan, oltin sotib olishga o‘tishdi. Bu esa qimmatbaho metall narxining yanada oshirishga va yangi rekordga yetishiga xizmat qildi.

Foto: medium.com
Bir qator davlatlar Vashingtonning ushbu harakatlariga qarshi javob choralari ko‘rilishi mumkinligini ma’lum qildi.
Toshkent vaqti bilan 20:34 da spot bozorida oltin narxi 1,21 foizga o‘sib, bir troya unsiyasi uchun 3055,69 dollarga yetdi. Savdo paytida esa un yana bir tarixiy rekordni yangilab, 3057,78 dollarni tashkil etdi. Bu — joriy yil boshidan beri oltin uchun 17-marotaba rekord daraja qayd etilgan holat.
RJO Futures kompaniyasi vakili Bob Haberkornning ta’kidlashicha, yaqin vaqt ichida fyuchers narxlari 3100 dollar chegarasiga yetishi mumkin. Buning asosiy sababi esa — sarmoyadorlar tomonidan oltinni «panadagi aktiv» sifatida tanlanishi. Bu, o‘z navbatida, Trampning tarif siyosati atrofidagi noaniqlik bilan bog‘liq.
Shu bilan birga, investorlar juma kuni AQShda shaxsiy iste’mol xarajatlari indeksi (PCE) e’lon qilinishi kutilayotganidan umidda. Bu indeks — AQSh Markaziy banki (FZT) foiz stavkalariga doir keyingi harakatlar yuzasidan ma’lum ishora bo‘lishi mumkin.
«Agar PCE ko‘rsatkichi kutilgandan yaxshi chiqsa, bu oltin narxi uchun yanada o‘sish imkonini beradi. Chunki bu holat FZTga stavkalarni tushirish uchun ko‘proq imkoniyat yaratib beradi», — dedi Haberkorn.
Qimmatbaho metallardan yana palladiy narxi 0,99 foizga oshib, unsiyasi 977,71 dollarni tashkil etdi. Kumush narxi esa 1,88 foizga o‘sib, 34,34 dollarga yetdi. Platina ham 1,12 foizga qimmatlab, 985,55 dollarni tashkil etdi.
Mavzuga oid

12:32 / 27.03.2025
Savdo urushidagi yangi operatsiya: Tramp avtomobil importiga 25 foizlik boj joriy etmoqda

17:19 / 24.03.2025
AQSh 15 ta davlatga yangi boj tariflar joriy etishni rejalashtirmoqda

22:18 / 17.03.2025
AQSh va Yevropa o‘rtasidagi savdo urushidan ko‘riladigan zarar qariyb 10 trln dollarga baholandi

10:50 / 15.03.2025