O‘zbekiston | 08:11 / 28.03.2025
3201
1 daqiqa o‘qiladi

Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Namanganda sezildi

O‘zbekiston hududida sezilish kuchi: Yangiqo‘rg‘on, Kosonsoy va Chortoq tumanlarida 2 ball.

Joriy yilning 28 mart kuni Qirg‘izistonda zilzila sodir bo‘ldi.

Seysmoprognostik monitoring respublika markazi xabariga ko‘ra, soat 6:17 da episentri Qirg‘izistonning Jalolobod viloyatida bo‘lgan zilzila magnitudasi 3,7 ni tashkil qilgan.

Chuqurligi: 10 km. Zilzila episentri Toshkentdan 216 km shimoli-sharqda. Episentrda sezilish kuchi: 5 ball

O‘zbekiston hududida sezilish kuchi:

  • Yangiqo‘rg‘on tumanida 2 ball, 45 km;
  • Kosonsoy tumanida 2 ball, 53 km;
  • Chortoq tumanida 2 ball, 54 km.

Mavzuga oid